Nafs kimda yo‘q?

Posted on Апрель 15, 2008 in Muhokama uchun mavzu, Sur`at va suyrat, Ta`lim yangiliklari, Umumiy by mirzo

images1.jpgBir kuni Abdurahmon Jomiy Xoja Ahror Valining ziyoratiga otlandi. Yo‘lda enlikkina ariqqa duch keldi. Sakrab o‘tayotib, cho‘ntagini ushladi. Uning cho‘ntagida sakkiz tillosi bor edi.
Xoja Ahror Valining mol-dunyosi behisob edi. Yaylovlarda uning minglab moli o‘tlab yurar, bular muridlar tarafidan hazrat eshonga nazr qilingan jonzotlar edi. Xoja Ahror “Xalqdan kelgani – xalqqa!” degan e’tiqodda bu mollarning bir qismini yetim-esir, g‘aribu g‘uraboga ehson qilib turar edi.

O‘quvchi o`zlashtirishi

Posted on Апрель 15, 2008 in Muhokama uchun mavzu by mirzo

grankin_4.jpgHech kuzatganmisiz?! A’lochi o‘quvchilarning aksariyati uyda tayyorlab kelgan vazifalarni tengdoshiga shunchaki ko‘chirtirib qo‘ya qolishga qizg‘anishadi. Fikrimizcha, ular bu harakatlari bilan sinfdoshlarini tarbiyalamoqchi, mustaqil ishlashga o‘rgatmoqchi bo‘ladilar.

WWW.MENDELEEV42.UZ

Posted on Март 28, 2008 in Ta`lim yangiliklari by mirzo

logo.jpgBu yil yurtimizda  kimyo fanidan 42-xalqaro Mendeleev olimpiadasi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar qulog‘ingizga chalingandir? Bu boradagi taraddud ishlari, tashkiliy qo‘mita hamraisi V.V.Lunin va hakamlar hay’ati hamraisi V.G.Nenaydenkoning yurtimizga tashrif buyurib, tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishganligidan xabaringiz yo‘qdir balki?! Sizni xalqaro Mendeleev olimpiadasining tarixi, yurtimizda olimpiadaning tashkil qilinish borasidagi hukumat qarorlari, o‘tkazilish joyiyu das­turi singari tashkiliy masalalardan tortib boshqa ko‘plab ma’lumotlar qiziqtiradimi?

Bahor sog`inchi

Posted on Март 25, 2008 in Sur`at va suyrat by mirzo

bee5.jpg

Aziz maktabdoshlar, maktabimiz sayti sahifalarida turli mavzularga bag`ishlangan fotolavhalarni berib borishga qaror qildik. Bunda ixtiyoriy odam: o`uvchimi, o`qituvchimi va yoki mustaqil foydalanuvchi, buning ahamiyati yo`q.  Muhimi, o`z fanatazaiyalaringizni yuzaga chiqaring, tafakkuringiz imkoniyatlariga erk bering. 

Dastlabki, fotojamlanmamizni bahor madhiga bahsh eting. Atrofdagi tabiy o`zgarishlar, insonlar yuzidagi kayfiyat va umman butun borliqdagi uyg`onish sababdir balki bunga.

Sensatsiya!!!

Posted on Март 24, 2008 in Umumiy by mirzo

105345.jpgAssalomu alaykum, hurmatli maktabdoshlar!!!

 Avvalo hammangizni yurtimizda hukm surayorgan navro`z ayyomi bilan tabriklashga ijozaat bergaysiz. Ayni yangilanish faslida, biz ham yangi bir ishga qo`l urdik. Zero, maktabimiz sayti ayni navro`zi olamda yaratilishida ham ramziy bir uyg`unlik bordek, nazarimizda…